
Uzbekistan Airways 25-avgust kungi Samarqand – Sankt-Peterburg va Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnovlar jadvali o‘zgarganini ma’lum qildi.
Mazkur reys vaqti o‘zgarishiga havo kemasining kechikib kelishi sabab bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, HY9639 reysi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Samarqanddan jo‘nab ketish: 19:15;
- Sankt-Peterburgga yetib borish: 22:25.
HY9638 reysi:
- Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish: 23:30;
- Urganchga yetib kelish: 05:30 (keyingi kun).
Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Bundan avval «Aeroflot» sentabr oyidan O‘zbekistonga parvozlarni tiklashi haqida yozgandik.
Rossiyaning yirik aviakompaniyasi «Aeroflot» 14-sentabrdan boshlab Moskva va Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonning bir necha shaharlariga muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.