Silk Avia bir qator reyslarni bekor qildi
eʼlon qilindi
Sentyabr va oktyabr oylaridagi

Silk Avia texnik sabablarga ko‘ra sentyabr va oktyabr oylarida Toshkentdan Termiz, Namangan, Buxoro, Farg‘ona va Navoiy yo‘nalishidagi bir nechta aviaqatnovlarni vaqtincha bekor qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Reys raqami | Yo‘nalish | Izoh |
---|---|---|
US753/754 | Toshkent – Termiz – Toshkent | Bekor qilingan |
US757/758 | Toshkent – Termiz – Toshkent | Bekor qilingan |
US501/502 | Toshkent – Namangan – Toshkent | Bekor qilingan |
US801/802 | Toshkent – Buxoro – Toshkent | Bekor qilingan |
US401/402 | Toshkent – Farg‘ona – Toshkent | Bekor qilingan |
US851/852 | Toshkent – Navoiy – Toshkent | Bekor qilingan |
Yo‘lovchilar avval xarid qilingan chiptalar uchun pulni to‘liq qaytarib olishlari yoki bo‘sh joylar mavjud bo‘lsa, boshqa reyslarga qayta bron qilishlari mumkin.
Aviakompaniya noqulayliklar uchun uzr so‘rab, havo qatnovi xavfsizligi birinchi o‘rinda ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qayta tiklagani haqida xabar bergan edik.