Gadjetlar

Tecno POVA 7 Ultra o‘zi qanday smartfon

U 6000 mA·soat batareyaga ega
Tecno POVA 7 Ultra smartfoni
Tecno POVA 7 Ultra o‘zi qanday smartfon / Foto: Rambler

Tecno kompaniyasi yangi Tecno POVA 7 Ultra smartfonini taqdim etdi. Ushbu smartfon 144 Hz AMOLED ekrani, 6000 mA·soat batareyasi va 108 MP kamera bilan ajralib turadi. Digitaltopics nashri model haqida material e’lon qildi.

Dizayn

Uskuna kosmik kemaga o‘xshash dizayni bilan e’tiborni tortadi. Orqa paneldagi geometrik qatlamlar va trikotajga o‘xshash LED chiziq unga futuristik ko‘rinish beradi. Ushbu LED chiziq qo‘ng‘iroq, xabar yoki quvvat tugashidan ogohlantirishda foydali bo‘ladi.

Foto: Digitaltopics

Ekran va ovoz

Smartfon 6,67 dyuymli AMOLED ekranga ega. 1,5K (2800×1260) aniqlik va 144 Hz tezlik uni o‘yin va video uchun ideal qiladi. Yorqinligi 4500 nit bo‘lib, hatto quyosh ostida ham yaxshi ko‘rinadi. Ekranning korpusga nisbati 93,8 foizni tashkil etadi, bu esa vizual effektni kuchaytiradi.

Ovoz tizimi ham yuqori darajada: stereodinamiklar Dolby Atmos qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa filmlar va o‘yinlarni yanada qiziqarli qiladi.

Texnik xususiyatlar

Bo‘limTavsif
O‘lchamlari160 × 75,2 × 8,9 mm
SIMNano-SIM + Nano-SIM, IP64 himoya (chang va suv sachrashidan)
Displey6,67 dyuym AMOLED, 144 Hz, 1260 × 2800 pikselli, ~460 ppi zichlik, Corning Gorilla Glass 7i
Operatsion tizimAndroid 15, HIOS 15
ChipsetMediaTek Dimensity 8350 Ultimate (4 nm)
Protsessor8 yadroli: 1×3,35 Hz Cortex-A715, 3×3,20 Hz Cortex-A715, 4×2,20 Hz Cortex-A510
GrafikaMali G615-MC6
Xotira256 GB ichki xotira, 8/12 GB tezkor xotira (RAM), xotira kartasi uchun slot yo‘q
Asosiy kamera108 MP (asosiy) + 8 MP (ultra keng), ikki tonnali LED chaqnoq
Old kamera13 MP (selfi kamera, keng burchakli)
OvozStereodinamiklar, 3,5 mm raz’yom, Hi-Res Audio 24-bit/192 kHz
AloqaWi-Fi, Bluetooth, GPS, GLONASS, GALILEO, BDS, NFC, infraqizil port, USB Type-C 2.0
DatchiklarBarmoq izi skaneri (ekran ostida), akselerometr, giroskop, yaqinlik datchigi, kompas
Batareya6000 mA·soat, tezkor zaryad 70 Vt (100% — 44 daq), simsiz zaryad 30 Vt, qayta zaryadlash (reverse charging) 10 Vt

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tecno POVA 7 Pro 5G smartfoni haqida yozgan edi.