Tesla Fransiyada 20 million yevrolik jarimadan qutulib qoldi

eʼlon qilindi
Reklamasida mijozlarni chalg‘ituvchi iboralar ishlatilgani uchun
Tesla Fransiyada 20 million yevrolik jarimadan qutulib qoldi / Foto: The American prospect

Tesla kompaniyasi Fransiyada 20 mln yevroga jarimaga tortilishi mumkin edi. Bu haqda 32cars ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mojaro to‘liq avtopilot atamasi bilan bog‘liq bo‘lib, regulyatorlar buni chalg‘ituvchi reklama deb baholadi. Chunki Tesla avtomobillari SAE tasnifi bo‘yicha 2-darajali avtomatlashtirishga ega bo‘lib, haydovchi doimiy ravishda rulda bo‘lishi kerak.

Kompaniya tezkor choralar ko‘rib, saytida matnni o‘zgartirdi. Endilikda funksiyaning nomi haydovchi nazorati ostidagi avtomatik boshqaruv deb berilgan. Shuningdek, kelajakdagi yangilanishlar haqidagi ifodalar ham yumshatildi.

Ushbu o‘zgarishlar Tesla’ga katta moliyaviy yo‘qotishlardan qutulishga yordam berdi va Fransiya regulyatorlari bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish imkonini berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasi tarixi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek