Uralda qiyin ahvolga tushgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Olti nafari O‘zbekistonga qaytarildi
                    
                            
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi hamkorligida Rossiya Federatsiyasi Ural federal okrugida muammoga duch kelgan 12 nafar hamyurtimizga amaliy yordam berildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Ularga zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, olti nafar vatandoshimiz uchun «Yekaterinburg – Toshkent» yo‘nalishiga aviachiptalar taqdim etildi.
Ular 23-avgust kuni Toshkent shahriga kuzatib qo‘yildi. Mazkur tashabbus 30-iyul – 30-avgust kunlari o‘tkazilayotgan «Vatanga qaytarish» insonparvarlik aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi haqida yozgan edik.
