Yangiliklar

UzAirports’ning 7 mlrd so‘mga yaqin davlat xaridi qonunga zid deb topildi

Bodi-kameralar xaridida
Foto: Uzbekistan Airports

«Uzbekistan Airports» AJ buyurtmachiligida o‘tkazilgan 6,8 mlrd so‘mlik bodi-kameralar xaridida qonunbuzarlik holati fosh etdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Agentlik tekshiruvlariga ko‘ra, tanlov jarayonida ishtirokchilarning takliflari to‘liq va xolis baholanmagan. Bundan tashqari, o‘zaro affillangan shaxslar ishtiroki ham aniqlangan. Baholash bosqichida bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlandi.

Natijada xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi qarori bekor qilindi va noqonuniy xaridning oldi olindi. Tegishli hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 8,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridi bekor qilingani haqida yozgandi.