Qarashlar

O‘zbekistonda pensiya qanday hisoblanadi

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra mamlakatda 4,2 mln pensioner ro‘yxatdan o‘tgan
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda pensiya tizimi yosh, mehnat staji va o‘rtacha ish haqiga asoslanadi. Pensiya jamg‘armasi, Davlat xizmatlari portali va me’yoriy hujjatlar fuqarolarga kelgusidagi to‘lovlarni tushunishga yordam beruvchi asosiy qoidalarni tushuntirib kelmoqda.

Pensiya kimlarga tayinlanadi

Yosh bo‘yicha pensiya: erkaklar — 60 yosh va 25 yillik staj, ayollar — 55 yosh va 20 yillik staj.

To‘liq bo‘lmagan pensiya: 7 yil va undan ortiq ish stajiga ega bo‘lganga tayinlanadi, miqdori stajga mutanosib hisoblanadi.

Nogironlik: I–II guruhlar uchun yoshga qarab kamida 2 yildan 20 yilgacha staj talab etiladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik: ushbu nafaqa mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga beriladi. Bolalarga — 18 yoshgacha, o‘qiyotganlar uchun esa — 23 yoshgacha.

O‘zbekistonda necha pensioner bor

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda 4,2 million pensioner bor, bu aholining taxminan 11 foizini tashkil qiladi. Ulardan:

  • yoshga doir pensiya — 3,48 mln kishi;
  • nogironlik pensiyasi — 475,5 ming kishi;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — 249,1 ming kishi.

Pensiya qanday hisoblanadi: formula

Pensiya miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:

P = PTM + OS + PU

  • PTM — pensiyaning tayanch miqdori (o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi);
  • OS — ortiqcha ish staji uchun pensiyaning oshirilishi;
  • PU — pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlari.

O‘rtacha ish haqi arizachi tanlagan oxirgi o‘n yil ichidagi eng yaxshi ketma-ket besh yil asosida hisoblanadi. Hisob-kitobda eng ko‘pi bilan 12 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ish haqi hisobga olinadi. 2025-yil avgust holatiga ko‘ra, bu 4,944 mln so‘m (412 ming × 12).

Barcha hisob-kitoblar taxminiy hisoblanadi.

O‘zbekistonda pensiya kalkulyatori

Formulasi: P = PTM + OS + PU. BHM = o‘rtacha ish haqining 55 foizi. OS = normadan ortiqcha har bir yil uchun 1%. PU – ustama (BHMning karrali miqdorida).

BHM o‘zgarganda yangilang.

Hisob natijasi

Bu taxminiy hisob-kitob. Amalda tayinlashni hujjatlar asosida Pensiya jamg‘armasi amalga oshiradi.

Unvon va xizmatlar uchun ustamalar

Prezident farmoni №PF-3942 va gazeta.norma.uz izohlariga ko‘ra:

  • «Xalq» va «Xizmat ko‘rsatgan arbob» — 2 × BHM (824 ming so‘m);
  • «Xizmat ko‘rsatgan artist» — 1,8 × BHM ( 741,6 ming so‘m).
  • Boshqa «Xizmat ko‘rsatgan» unvonlar — 1,6 × BHM (659,2 ming so‘m).
  • O‘zbekiston Qahramoni — 1 × BHM (412 ming so‘m).
  • Boshqa alohida xizmatlar — BHMning 100–150% (412 ming–618 ming so‘m).

2025-yil 1-avgust holatiga BHM 412 ming so‘m etib belgilangan.

Hisob-kitob namunasi

Ayol-shifokor, 30-yillik mehnat staji, o‘rtacha ish haqi — 3,2 mln so‘m, unvonsiz.

  • PMT: 3,2 mln × 55% = 1,76 mln so‘m
  • OS: (30 – 20- yil × 1% × 3,2 mln = 320 ming so‘m
  • NP: yo‘q (0 so‘m)

Ariza qanday topshiriladi

oldmy.gov.uz ma’lumotlariga ko‘ra, ariza quyidagi yo‘llar orqali topshirilishi mumkin:

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali;
  • yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi.

Ariza «Pensiya» axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi. U staj va ish haqini idoralararo ma’lumot almashinuvi orqali tekshiradi.

Tizim qanday moliyalashtiriladi

Pensiya to‘lovlari quyidagi ijtimoiy soliqlardan shakllantiriladi:

  • budjet tashkilotlari ish haqi fondining 25 foizini to‘laydi;
  • budjetdan tashqari tashkilotlar uchun — 12%.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) oyiga kamida 1 BHM to‘laydi, o‘zini o‘zi band qilganlar esa — yiliga 1 BHM (ixtiyoriy ravishda). Ishchilar o‘zlari uchun soliq to‘lamaydi. Zarurat tug‘ilganda fond budjetdan transfertlar oladi.

2025-yil iyul holatiga ko‘ra, umumiy to‘lovlar hajmi oyiga 6,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ekspertlar bilan birgalikda pensiya tizimi nima uchun o‘zgarishga muhtojligini va qo‘shni davlatlar tajribasidan qanday saboq olish mumkinligini tahlil qilgandi.