Avto

1,4 mln dona Honda va Acora avtomobillari dvigatel nosozligi sabab tekshirilmoqda

Motor to‘liq to‘xtab qolishi xavfi bor
Honda
1,4 mln dona Honda avtomobilining dvigatel nosozligi tekshirilmoqda / Foto: Midjourney

AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1,4 mlndan ortiq Honda va Acura avtomobillariga nisbatan yangi tergov boshladi.

Sabab sifatida 3,5 litrli V6 dvigatellarda shatun podshipniklari ishdan chiqishi va motor to‘liq to‘xtab qolishi xavfi borligi ko‘rsatilmoqda. Regulyator ma’lumotiga ko‘ra, ushbu muammo bo‘yicha 414 ta rasmiy shikoyat kelib tushgan. Tekshiruv quyidagi modellarga taalluqli:

  • Acura TLX (2018 – 2020);
  • Acura MDX (2016 – 2020);
  • Honda Pilot (2016 – 2020);
  • Honda Odyssey (2018 – 2020);
  • Honda Ridgeline (2017 – 2019).

Avvalroq 2024-yilda ham boshqarma 1,4 mln Honda avtomobilini tekshirgan edi. Bu tekshiruv 2023-yil noyabrida 249 ming mashina qaytarib olinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘sha vaqtda krank validagi nuqson shatun podshipniklarining erta ishdan chiqishiga olib kelishi aniqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honda 3,5 metrlik N-One e elektromobilini taqdim qilgani haqida yozgan edi.