«Manchester Siti» Donnarummani sotib olishi mumkin

26-avgust 2025 09:38 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Chempionat.com

Football Italia jurnalisti Alfredo Pedulla xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» «PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma transferiga juda yaqin turibdi.

Bitim summasi taxminan 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, klublar o‘rtasida faol muzokaralar davom etmoqda va ular yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda. Avvalroq Donnarumma shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lgani va transferga rozilik bildirgani xabar qilingandi.

Aslida «PSJ» darvozabonni 45–50 mln yevro atrofida baholagan, ammo futbolchi bir yil ichida erkin agentga aylanib ketishi mumkinligi bois klub narxni pasaytirishga majbur bo‘ldi.

Donnarumma 2021-yil yozida «Milan»dan «PSJ»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilda tugaydi, ammo uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat futbol klubi City Football Group tizimiga qoʻshilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek