Mercedes-Benz Nissan’dagi ulushini $325 millionga sotdi

26-avgust 2025 21:10 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Mercedes-Benz Nissan’dagi ulushini $325 millionga sotdi / Foto: Nikkie Asia

Mercedes-Benz Yaponiyaning Nissan Motor kompaniyasidagi 3,8% ulushini 47,83 mlrd yen ($325 mln)ga sotdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Xabar ortidan Nissan aksiyalari 6% ga tushib, iyuldan beri eng katta pasayishni ko‘rsatdi.

Ulushlar 341,3 yen narxda sotilib, talab taklifdan oshdi, eng yirik 10 investor jami ulushlarning 70% ini oldi. Mercedes-Benz bu ulush strategik ahamiyatga ega emasligini va sotuv «portfelni tozalash» bo‘lganini bildirdi.

Nissan esa AQSh va Xitoydagi savdo pasayishi hamda tariflar sabab o‘tgan chorakda 535 mln dollar zarar ko‘rdi. Kompaniya yangi bosh direktori Ivan Espinosa 2027-yilgacha ishlab chiqarish hajmini 3,5 mlndan 2,5 mlngacha qisqartirishni rejalamoqda.

Renault esa Nissan’dagi 35,7% ulushga ega bo‘lib, ekspertlar uning asta-sekin ulushni kamaytirishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Intel kompaniyasining 10% ulushini sotib olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek