Motorola Edge 60 Pro yangi rangda taqdim etildi

26-avgust 2025 15:16 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Motorola
Foto: Motorola

Motorola o‘zining flagman modeli Motorola Edge 60 Pro smartfonini yangi ko‘rinishda namoyish etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Smartfon Pantone Walnut rangida ham sotuvga chiqadi.

Yangi model faqat tashqi ko‘rinishi bilan farq qiladi, texnik xususiyatlar esa o‘zgarishsiz qolmoqda. Smartfon 6,7 dyuymli OLED displeyga ega. U 120 Hz yangilanish tezlik, 1,5K aniqlik, 10-bit rang ko‘rsatish, 4500 nit yorqinligi va Corning Gorilla Glass 7i himoya oynasi bilan ta’minlangan.

Ichki qismida MediaTek Dimensity 8350 Extreme protsessori, 12 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Orqa panelda 50 MP asosiy, 50 MP ultra-keng va 10 MP telefoto kamera joylashgan. Old tomonda esa 50 MP selfi kamerasi mavjud.

Qurilma 6000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U 90 Vt tezkor zaryad va 15 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, smartfon harbiy darajadagi mustahkamlik, IP68/IP69 himoya, Dolby Atmos qo‘llab-quvvatlovchi stereodinamiklar, NFC, Bluetooth 5.4 va Wi-Fi 6E texnologiyalari bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Motorola kompaniyasi yangi Moto G100 Pro modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek