
Bugun, 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq maydonidagi chuqurligi 5 ming metr bo‘lgan qudug‘dan otilib chiqayotgan gaz nazoratga olindi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» xabar berdi.
Unga ko‘ra Mo‘ynoqdagi «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli loyihaviy chuqurligi 5000 metr bo‘lgan 1-son izlov qudug‘ida chuqurligi 4707 metr burg‘ilanganda to‘satdan gaz otilib chiqqan. Hodisani bartaraf etish uchun tezkor shtab tuzilib, unga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, maxsus xarbiylashtirilgan qism, mahalliy hokimlik va xalqaro tajribaga ega kompaniyalar mutaxassislari jalb qilindi.
Gaz otilishini jilovlash uchun maxsus «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi va quduqni xavfsiz boshqarish imkoni yaratildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.