Yangiliklar

Namanganda 109,2 million so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namanganda 109,2 million so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatildi / Foto: Bosh prokurtura departamenti

Namangan viloyatida tezkor tadbir davomida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokurtura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi, IIV va bojxona xodimlari hamkorligida «Namangan» YPX maskanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaroning «Nexia» avtomashinasi to‘xtatilib, salondan va yukxonasidan jami 8 860 quti, umumiy qiymati 109,2 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-1-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda «Islom davlati» terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan guruh qo‘lga olingan edi.