
2025-yilning 25-avgust holatiga ko‘ra, Osiyodagi eng boy besh kishining jami boyligi $374,3 milliardni tashkil etdi. Bu haqdagi ma’lumotlar Bloomberg Billionaires Index’da keltirilgan.
Unga ko‘ra, avgust oyidagi mahalliy tebranishlarga qaramay, yilning sakkiz oyi davomida ularning umumiy boyligi qariyb 58 mlrd dollarga oshdi. Quyida ushbu milliarderlar haqida ma’lumot taqdim etamiz.
Mukesh Ambani — $101 mlrd

Mamlakat: Hindiston;
Boylik: $101 mlrd;
Soha: energetika, telekom, chakana savdo;
Boyligi yil boshidan $10,3 milliardga oshdi.
Mukesh Ambani Osiyoning eng boy odami bo‘lib qolmoqda. Uning Reliance Industries imperiyasi neft-kimyo mahsulotlariga barqaror talabdan, shuningdek, Reliance Jio telekom segmentining o‘sishidan foyda ko‘rmoqda.
Gautam Adani — $79,2 mlrd

Mamlakat: Hindiston;
Boylik: $79,2 mlrd;
Soha: infratuzilma, sanoat, energetika;
Boyligi yil boshidan $468 millionga oshdi.
Adani regulyatorlarning bosimi va so‘nggi yillardagi mojarolarga qaramay, eng boy beshlikda qolishga muvaffaq bo‘ldi. Uning boyligidagi o‘sishga port va logistika infratuzilmasi, energetika va qurilishdagi loyihalar yordam bermoqda.
Zhong Shanshan — $69,1 mlrd

Mamlakat: Xitoy;
Boylik: $69,1 mlrd;
Soha: ichimliklar, farmatsevtika;
Boyligi yil boshidan $14,2 milliardga oshdi.
Nongfu Spring va Wantai Biological asoschisi barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda: Xitoyda iste’molning oshishi fonida qadoqlangan suv ishlab chiqaruvchi kompaniya aksiyalari narxi ko‘tarildi.
Ma Huateng — $65,4 mlrd

Mamlakat: Xitoy;
Boylik: $65,4 mlrd;
Soha: texnologiya (Tencent);
Boyligi yil boshidan $17,1 milliardga oshdi.
Tencent rahbari, shuningdek, Pony Ma nomi bilan tanilgan Ma Huatengning boyligi 2025-yilda sezilarli darajada oshdi. O‘sishga asosiy omillar — onlayn o‘yinlar, reklama va Xitoy IT-sektoriga investorlarning ishonchi tiklanishi bo‘ldi.
Zhang Yiming — $59,6 mlrd

Mamlakat: Xitoy;
Boylik: $59,6 mlrd;
Soha: texnologiya (ByteDance / TikTok);
Boyligi yil boshidan $15,7 milliardga oshdi.
ByteDance asoschisi beshlikdagi o‘rnini mustahkamladi. AQSh va Yevropa Ittifoqida regulyatorlarning bosimiga qaramay, TikTok reklama daromadlarini va foydalanuvchilar sonini oshirishda davom etmoqda.
Avvalroq Wildberries asoschisi Tatyana Kim Forbes reytingida o‘z boyligini mustaqil ravishda orttirgan eng boy 50 ayollar safiga kirgandi.