O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi

eʼlon qilindi
Turli sohalarni qamrab olgan jami 15 ta hujjat imzolandi
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand shahrida Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn uchrashuvi yakunida sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muzokaralar doirasida ikki davlat o‘rtasida jami 15 ta hujjat imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bitimlar orasida ekstraditsiya, investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, qo‘shma komissiya tuzish hamda vizasiz tartibni joriy etishga doir hujjatlar bor. Shuningdek, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, turizm, qishloq xo‘jaligi, o‘simliklar himoyasi va veterinariya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga oid kelishuvlar imzolandi.

Bundan tashqari, havo qatnovi bo‘yicha hukumatlararo bayonnoma, standartlashtirish va din ishlari yo‘nalishida memorandumlar ham qabul qilindi. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Mirziyoyev Iordaniyaning oliy mukofoti «An-Nahda» (Renessans) ordeni bilan taqdirlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek