
Market Yandex Go xizmati O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari hamda Navoiy shahrida ishga tushdi. Bu haqda kompaniya «Kursiv»ga ma’lum qildi.
Xizmatda elektronika, maishiy texnika, kiyim-kechak, poyabzal, uy-ro‘zg‘or va ta’mirlash uchun mahsulotlar, shuningdek, Yandex Factory brendi ostidagi maxsus tovarlar mavjud. Foydalanuvchilar mahsulotlarni narxi va xususiyatlari bo‘yicha taqqoslab, o‘z qiziqishlariga mos tavsiyalar lentasidan foydalanishlari mumkin.
Yangi hududlarda buyurtmalar kuryer orqali yetkazib beriladi. Bundan tashqari, Buxoro, Farg‘ona va Marg‘ilonda bir kun ichida Buyurtma Tarqatish Punktlari (BTP) orqali mahsulotni olish imkoni mavjud. Tez orada BTP xizmati boshqa hududlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. To‘lovni ilova orqali karta bilan yoki BTPda naqd va karta orqali amalga oshirish mumkin.
Market Yandex Go foydalanuvchilari uchun Yandex Split xizmati ham taqdim etilgan. Unda xaridning bir qismini darhol, qolgan qismini esa 2, 4 yoki 6 oylik muddatda avtomatik tarzda karta orqali to‘lash mumkin.
Shuningdek, START50 promokodi yordamida xizmatdan ilk bor foydalanuvchilar birinchi buyurtmasiga 50% chegirma olishlari mumkin. Chegirma miqdori 50 ming so‘mdan oshmaydi va aksiyadan 2025-yil 31-oktyabrgacha foydalanish mumkin.
Bugungi kunda Market Yandex Go O‘zbekistonning 10 ta hududida — Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Navoiy shahrida faoliyat yuritmoqda. Kompaniya 2025-yil oxirigacha xizmatni butun mamlakat bo‘ylab kengaytirishni maqsad qilgan.
Promokod bo‘yicha chegirma faqatgina yangi, ya’ni 180 kun ichida buyurtma bermagan foydalanuvchilar uchun, 01.06.2025 yildan 31.10.2025 yilgacha amal qiladi.
Chegirma faqat tovarlarga taalluqli bo‘lib, yetkazib berish xizmatini o‘z ichiga olmaydi. Promokodlar qoidalari va shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://yandex.com/legal/marketplace_promocode_uz/uz/
Avvalroq «Kursiv» Yandex Uzbekistan taksi biznesi uchun motivatsion dasturni ishga tushirgani haqida yozgandi.