Protsessor haroratini 6 darajagacha pasaytira oladigan Realme smartfoni taqdim etildi

26-avgust 2025 10:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme Chill Fan Phone smartfoni
Realme Chill Fan Phone smartfoni / Foto: Superplanshet

Realme kompaniyasi Realme Chill Fan Phone smartfonini taqdim etdi. U protsessor haroratini 6 darajagacha pasaytira oladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Bozorda ventilyatorli sovitishga ega bir qancha smartfonlar mavjud, biroq Realme o‘zini dunyodagi ilk boshqariladigan konditsionerli telefon deb atamoqda. Smartfonda foydalanuvchi sovitish tizimini istalgan vaqtda yoqib-o‘chirishi mumkin bo‘ladi.

Kompaniya e’lon qilgan videoda ventilyator havoni shunchalik kuchli chiqaradiki, u shamni o‘chirishi yoki suvdagi kauchuk o‘yinchoqni oldinga siljitishi mumkin.

Hozircha Realme yangi modelning texnik xususiyatlari va chiqarilish sanasini oshkor qilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 7000 mA·soat batareyaga ega Realme P4 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek