Qirg‘izistondagi 5 balli zilzila O‘zbekistonning ikkita viloyatida sezildi

eʼlon qilindi
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sezildi
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi / Foto: alexandersr / www.depositphotos.com

Kecha, 25-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:59:52 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzilaning episentri Toshkentdan 343 km janubiy-sharqda bo‘lib, sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi.

Zilzilaning magnitudasi 4,6 ni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 15 km edi. Episentri Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahri bo‘ldi.

Zilzila quyidagi ikkita viloyatda sezildi:

  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 107 km;
  • Andijon viloyatida 2 ball, 119 km;

Episentrning aniq koordinatalari: 39,81 N, 72,79 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida 2,9 magnitudali zilzila qayd etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek