
Samarqand shahrida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn uchun rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etgan. Harbiy orkestr O‘zbekiston va Iordaniya davlat madhiyalarini ijro etdi.



O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, ikki mamlakat rasmiy delegatsiya a’zolarini qutlagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri prezident Iordaniya podshohi bilan birga Samarqandni ziyorat qilgani haqida yozgan edi.