Usti bo‘yab sotilgan Onix, O‘zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan TAQA — 26-avgustdagi muhim voqealar

eʼlon qilindi
Dollar 45 so‘mdan ko‘proqqa oshdi
Погода в Ташкенте
26-avgustda sodir bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalar. Foto: Farhodjon Chinberdiev / Unsplash

Dollar 45 so‘mdan ko‘proqqa oshdi, fuqaroga usti bo‘yalgan holda berilgan Onix yangisiga almashtirildi, O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kosmik turnirda g‘alaba qozondi – Kursiv Uzbekistan nashri 26-avgustda sodir bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalarni bitta materialga joyladi.

Toshkent aeroportida taksi xizmatini tashkil etish bo‘yicha lotlar auksionga qo‘yildi

Taksi xizmati
Foto: Uzbekistan Airports

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida beshta taksi xizmatiga avtoturargohlar tayyorlandi. Bu xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun kompaniya elektron auksion orqali bir nechta lotlarni savdoga chiqardi. Har bir nuqtaning maydoni 3 kvadrat metrni tashkil etadi. Auksion shartlariga ko‘ra, kvadrat metri uchun boshlang‘ich ijaraning qiymati 1 million so‘m (QQSsiz) etib belgilangan.

TAQA kompaniyasi O‘zbekistondagi suv loyihalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Foto: Vidhyaa Chandramohan for The National

Abu-Dabining TAQA kompaniyasi turli mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston va Marokashdagi suv loyihalariga milliardlab dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda kompaniya Ispaniyaning GS Inima kompaniyasini $1,2 milliardga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. TAQA mazkur kompaniyani suv ta’minoti va tozalash sohasida xalqaro kengayishning asosiy vositasiga aylantirmoqchi.

Fuqaroga usti bo‘yalgan holda berilgan Onix yangisiga almashtirildi

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Raqobat qo‘mitasiga fuqaro tomonidan yangi olingan Onix avtomobilining kamchiligi sabab uni yangisiga almashtirish va avtomashina bilan bog‘liq 10,5 mln so‘m xarajat pullarini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.

O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kosmik turnirda g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kosmik turnirda g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kosmik turnirda g‘alaba qozondi / Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Moskva va Korolyov shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro kosmik turnir final bosqichida Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston va BAAdan kelgan maktab o‘quvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

SSV soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

SSV soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Foto: cosmeticru

So‘nggi paytlarda kosmetologiya xizmatlari salbiy oqibatlarga olib kelayotgani haqida murojaatlar soni ortib bormoqda. Yuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish niyatida kosmetologga murojaat qilgan ayollar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z e’tirozlarini bildirmoqda.

Mo‘ynoqdagi gaz otilishi nazoratga olindi

Bugun, 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq maydonidagi chuqurligi 5 ming metr bo‘lgan qudug‘dan otilib chiqayotgan gaz nazoratga olindi.

Sport maktabi bitiruvchilariga diplom va murabbiylik malaka sertifikati beriladi

Sport musobaqalari
O‘zbekiston 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi / Foto: Shutterstock

O‘zbekistondagi sport maktablarining 11-sinf bitiruvchilariga sport turi bo‘yicha diplom va murabbiylik faoliyatini yuritish huquqini beruvchi malaka sertifikati beriladi. Bu haqda Hukumat qarori asosida nizom tasdiqlandi.

Dollar 45 so‘mdan ko‘proqqa oshdi

dollar
Foto: Jonathan Borba / Unsplash

Bugun, 26-avgust kuni dollar kursi 48,85 so‘mga oshib, 12 354,65 so‘mni qayd etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 4,65 so‘mga tushib, 14384,52 so‘mni, rubl esa 1,37 so‘mga oshib, 153,93 so‘mni tashkil qildi.

Fond bozori: «Oʻzbektelekom» aksiyalari oshdi, «Hamkorbank» aksiyalari esa keskin pasaydi

fond bozori
«Hamkorbank» aksiyalari keskin tushdi. Foto: ION Group

Ikki hafta ketma-ket yuqori o‘sishdan keyin «Hamkorbank» aksiyalari keskin arzonlashdi. «O‘zbektelekom»ning esa ham imtiyozli, ham oddiy aksiyalarida o‘sish qayd etildi.

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 18-avgustdan 22-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,32 foizga o‘sdi.

Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi tasdiqlandi

imtihon
Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi tasdiqlandi. Foto: ijtimoiy tarmoq

«Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarning kasb va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi.

Bundan avval Kursiv Uzbekistan 25-avgustda sodir bo‘lgan eng muhim yangiliklar dayjestini e’lon qilgandi.

Shuningdek