Uzairways sentabrda qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi — jadval
eʼlon qilindi
Umumiy hisobda 5 ta yo‘nalishda

Uzbekistan Airways yo‘lovchilar talabiga binoan sentyabr oyida mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha reyslar quyidagicha tashkil etiladi:
Yo‘nalish | Sana / Kun | Qo‘shimcha Parvoz Vaqti |
---|---|---|
Toshkent – Termiz – Toshkent | 1 – 29 sentabr (dushanba, chorshanba, juma) | Dushanba, juma: Toshkent–Termiz 18:40–20:00 / Termiz–Toshkent 20:50–22:00 Chorshanba: Toshkent–Termiz 12:40–14:00 / Termiz–Toshkent 14:50–16:00 |
Toshkent – Buxoro – Toshkent | 9 – 30 sentabr (seshanba va juma) | Seshanba (9-sentyabrdan): Toshkent–Buxoro 07:00–08:10 / Buxoro–Toshkent 09:00–10:00 Juma (12-sentabr): Toshkent–Buxoro 10:00–11:10 / Buxoro–Toshkent 12:00–13:00 Juma (19 va 26-sentabr): Toshkent–Buxoro 12:35–13:45 / Buxoro–Toshkent 14:35–15:35 |
Toshkent – Farg‘ona – Toshkent | 6 – 27 sentabr (shanba) | Toshkent–Farg‘ona 14:30–15:20 / Farg‘ona–Toshkent 16:10–17:10 |
Toshkent – Navoiy – Toshkent | 10, 17, 24 sentabr (chorshanba) | Toshkent–Navoiy 15:00–16:00 / Navoiy–Toshkent 16:50–17:50 |
Toshkent – Namangan – Toshkent | 2 – 30 sentabr (seshanba, payshanba) | Seshanba: Toshkent–Namangan 17:30–18:40 / Namangan–Toshkent 19:30–20:30 Payshanba: Toshkent–Namangan 18:30–19:40 / Namangan–Toshkent 20:30–21:30 |
Yo‘lovchilar parvozlar jadvali bilan tanishib, chiptalarni aviakompaniya rasmiy sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiallari yoki rasmiy agentlar orqali xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni boshlashi haqida xabar bergan edik.