Qalbaki dori ishlab chiqaruvchi sex, dollar kursining ko‘tarilishi — 27-avgustdagi muhim voqealar

eʼlon qilindi
Daniya Falastinni tan olish borasida o‘z shartini bildirdi
Turkiyalik investor Toshkentda yangi klinika ochmoqda
Foto: Wikipedia

Qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etilishi, dollar kursining oshishi, «Qayrat»ning ilk marta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqishi — Kursiv Uzbekistan nashri 27-avgustda sodir bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalarni bitta materialga joyladi.

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi / Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazib, noqonuniy dori vositalari ishlab chiqarilayotgan yashirin sexni aniqladi.

Batafsil

Daniya Falastinni tan olish borasida o‘z shartini bildirdi

Foto: aa.az

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Falastin davlatini tan olish ehtimolini inkor etmadi. Bu haqda «Ria Novosti» ma’lum qildi.

Batafsil

«Qayrat» penaltilarda «Seltik»ni mag‘lub etib, ilk marta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi

Foto: chempionat.asia

Yevropa Chempionlar ligasi saralashining hal qiluvchi bahsida Olmaota klubi «Qayrat» penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, YChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Batafsil

Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Foto: Tourism Uzbekistan

‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ichki turizmni rivojlantirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir qator chegirmalar joriy etildi.

Batafsil

Moskvada migrantlar uchun geolokatsiya kuzatuv ilovasidan foydalanish majburiy etiladi

Moskvada migrantlar uchun geolokatsiya kuzatuv ilovasidan foydalanish majburiy etiladi / Foto: Vedomosti

2025-yil 1-sentabrdan Moskva va Moskva viloyatida xorijiy fuqarolarni hisobga olishning yangi tajriba tartibi joriy etiladi.

Batafsil

Migratsiya agentligi xodimlari ishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Foto: Yandex

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim Migratsiya agentligi xodimlari pul evaziga fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishda ayblangani va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Batafsil

Dollar 58 so‘mga yuqoriladi

Foto: The Opinion

Bugun, 27-avgust kuni dollar kursi 58,33 so‘mga oshib, 12 412,98 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.

Batafsil

Iordaniya O‘zbekiston dronlariga qiziqish bildirdi

Fuqaroviy va harbiy dronlar ishlab chiqaruvchi Sahro Drone Industry kompaniyasi mahsulotlariga Iordaniyada qiziqish ortgani haqida xabar berdi. 

Batafsil

Tramp joriy etgan 50 foizlik boj Hindiston iqtisodiyotiga zarba berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistondan import qilinadigan mahsulotlarga 50% boj joriy etib, mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Batafsil

Bundan avval Kursiv Uzbekistan 26-avgustda sodir bo‘lgan eng muhim yangiliklar dayjestini e’lon qilgandi. 

Shuningdek