Bosh prokuror, mudofaa va ichki ishlar vazirlarining unvonlari oshirildi
eʼlon qilindi
Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Shuhrat Xalmuhamedov va Aziz Tashpulatov

O‘zbekiston bosh prokurori, mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziriga yuqori darajali unvonlar berildi. Bu haqda prezident farmonlari qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuhamedovga general-leytenant harbiy unvoni berildi. Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov esa general-leytenant maxsus unvoni bilan taqdirlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlagani haqida yozgandi.