Yangiliklar

Bosh prokuror, mudofaa va ichki ishlar vazirlarining unvonlari oshirildi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Shuhrat Xalmuhamedov va Aziz Tashpulatov
Foto: Kollaj qilindi / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston bosh prokurori, mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziriga yuqori darajali unvonlar berildi. Bu haqda prezident farmonlari qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoniga sazovor bo‘ldi.

Mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuhamedovga general-leytenant harbiy unvoni berildi. Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov esa general-leytenant maxsus unvoni bilan taqdirlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlagani haqida yozgandi.