Honor 500 va Honor 500 Pro smartfonlari qanday xususiyatlarga ega

27-avgust 2025 11:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor 500
Foto: Honor

Honor kompaniyasi tomonidan yil oxirigacha yangi Magic8 flagmanlari bilan bir qatorda o‘rta segmentga mo‘ljallangan Honor 500 seriyasi ham chiqariladi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Honor 500 liniyasi ichida 200 MP kamera va 6,55 dyuymli ekran bilan jihozlangan model ham bo‘ladi. Taxminlarga qaraganda, bu asosiy Honor 500 varianti bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, kompaniya kuchliroq Honor GT 2 modelini ham tayyorlamoqda. U 8800 mA·soat sig‘imli batareya, 6,83 dyuymli ekran va Qualcomm’ning eng so‘nggi flagman chipidan (Snapdragon 8 Gen 5 yoki Snapdragon 8 Elite 2) foydalanishi kutilmoqda. Honor GT 2’ga yana 24 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotira berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor yangi Magic8 flagmanlarini chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek