Isroilning G‘azodagi shifoxonaga hujumida besh nafar jurnalist halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hujum oqibatida kamida 20 kishi, jumladan tibbiyot xodimlari va bolalar hayotdan ko‘z yumdi
Гибель журналистов в Газе
Isroilning G‘azodagi shifoxonaga hujumida besh nafar jurnalist halok bo‘ldi / Foto: ChatGPT

Xan Yunisdagi «Nasser» shifoxonasiga Isroil tomonidan ikki marotaba hujum uyushtirilishi oqibatida kamida 20 kishi, jumladan xalqaro OAVda faoliyat yuritgan besh nafar jurnalist halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda BBC.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida to‘rt nafar tibbiyot xodimi ham bor. Ikkinchi zarba birinchi hujumdan keyin jabrlanganlarga yordam berish uchun kelgan qutqaruvchilarni nishonga olgan. Halok bo‘lgan jurnalistlar Reuters, AP, Al Jazeera va Middle East Eye nashrlari bilan ishlagan.

Сектор Газа
Foto: Reuters

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu voqeani «fojiali tasodif» deb atab, hozirda keng ko‘lamli tergov olib borilayotganini bildirdi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, G‘azodagi deyarli ikki yil davom etayotgan mojaro vaqtida kamida 242 nafar jurnalist halok bo‘lgan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish OAV xodimlarining o‘limini mustaqil tergov qilishga chaqirdi hamda bolalar orasida ochlikdan o‘limlar ko‘payib borayotganiga e’tibor qaratdi. G‘azo sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil oktabrdan buyon 100 dan ortiq bola ochlikdan vafot etgan.

Ma’lumot uchun, deyarli ikki yil davom etayotgan urushda Falastinda 60 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, shundan 18,5 ming nafari ayollar va bolalar ekani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Yaman poytaxti Sanoga hujum qildi: 6 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek