Migratsiya agentligi xodimlari ishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

eʼlon qilindi
Migratsiya agentligi xodimlari ishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi / Foto: Yandex

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim Migratsiya agentligi xodimlari pul evaziga fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishda ayblangani va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqaldi. Agentlik holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 17-oktabrdagi prezident farmonidan so‘ng Koreyaga E–9 vizasi uchun tanlovlar o‘tkazilmagan. Qoidabuzarliklardan keyin Koreyaga yuborish jarayonlari bilan bog‘liq xodimlar, jumladan, Seuldagi vakolatxona to‘liq yangilangan.

Agentlik fuqarolardan shubhali holatlar haqida darhol 71-202-44-11 yoki 12-82 qisqa raqamlari orqali xabar berishni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Namanganda agentlikning ikki xodimi fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish uchun 80 nafardan ortiq odamlardan $700 mingdan ko‘proq pul olgan. Ikkala xodim ham jinoyat ustida qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uralda qiyin ahvolga tushgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek