Fan

Olimlar SI yordamida Parkinson kasalligini erta aniqlashga muvaffaq bo‘ldi

27-avgust 2025 20:56 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Olimlar sun’iy intellekt yordamida Parkinson kasalligini erta aniqlashga muvaffaq bo‘ldi / Unsplash

Rossiyalik olimlar sun’iy intellekt yordamida Parkinson kasalligini erta aniqlash texnologiyasini ishlab chiqdilar, deb xabar berdi C-News Sеchenov universiteti vakillariga tayanib.

Tadqiqotchilar neyrotarmoqni sog‘lom bemorlar va Parkinson kasalligi tashxisi qo‘yilgan bemorlarning elektroensefalogramma (EEG) ma’lumotlari asosida o‘qitdilar. Sinov natijalariga ko‘ra, neyrotarmoq tekshiruv namunalarida 97% hollarda to‘g‘ri tashxis qo‘ya oldi.

Bu ishlanma kasallikni erta bosqichda davolash imkoniyatini ochadi. Hozirgi paytda Parkinson ko‘pincha qo‘l titrashi, harakatlanish faolligining pasayishi va mushaklarning qotib qolishi kabi yaqqol alomatlar paydo bo‘lgandagina aniqlanadi.

Erta diagnostika esa davolashni o‘z vaqtida boshlash, kasallik rivojlanishini sekinlashtirish va bemorning hayot sifatini yuqori darajada saqlash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Parkinson kasalligi insonning asab tizimini zararlaydi va ko‘pincha keksalarda uchraydi. Kasallik tarqalishi asta-sekin ortib bormoqda. Olimlarning prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib dunyoda Parkinson kasalligidan aziyat chekayotganlar soni 25 mlndan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti olimlari surunkali charchoq sindromi (ME/CFS) bilan og‘rigan insonlar DNKlarida sog‘lom odamlarnikidan farqli bo‘lgan 8 ta genetik o‘zgarishni aniqlagan edi.

Shuningdek