Realme 15 000 mA·soat sig‘imli batareyali smartfonini taqdim etdi

27-avgust 2025 16:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Realme 15 000 mA·soat sig‘imli batareyali smartfonini taqdim etdi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi bugun sanoatda eng katta akkumulyatorga ega smartfonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya X platformasidagi sahifasida e’lon qildi.

Qurilma 15 000 mA·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, bu ko‘plab tashqi powerbanklardan ham kattaroq.

«Kelajakni qarshi oling: Realme 15 000 mAh — sanoatdagi eng katta batareya» — deya e’lon qildi kompaniya.

Foto: Realme

Mashhur insayder Digital Chat Station esa Weibo’da smartfonning suratlarini chiqardi. Ulardan ko‘rinishicha, qurilma deyarli seriyaga tayyor holatda. U 6,7 dyuymli ekran, MediaTek Dimensity 7300 platformasi, 12 GB tezkor xotira va Realme UI 6.0 interfeysi bilan ishlaydi.

Hozircha kompaniya smartfonning savdoga chiqarilishi yoki tijoriy rejalariga oid ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 15 000 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan smartfonini taqdim qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek