Tesla kompaniyasi Model Y L elektromobilini taqdim etdi

27-avgust 2025 12:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tesla Model Y L
Foto: Tesla

Tesla Xitoy bozorida yangi Tesla Model Y L olti o‘rinli SUV modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Mashinaning eng katta o‘zgarishi uning cho‘zilgan kuzovi va uzunroq g‘ildirak bazasi bo‘lib, bu uni uch qatorli konfiguratsiyaga aylantirdi.

Tesla’ning Xitoydagi global vitse-prezidenti Greys Tao mashina ichki makonini ko‘rsatish uchun video ulashdi. Unda u avtomobilning oqilona joylashuvi, butun oilani qulay sayohatga chiqarishi haqida gapirgan. Rolikda bo‘yi 1,8 metrdan baland olti kishi mashinaga joylashgani aks etgan.

Biroq bu video avtomobil blogerlari tomonidan tanqidga uchradi. Mashhur tanqidchi Navis-Slow Review video tasvirlarda odamlar uch qatorga zo‘rma-zo‘rakilik bilan joylashtirilganini ta’kidladi. Uning fikricha, old qator o‘rindiqlari shunchalik oldinga surilganki, haydovchi yoki yo‘lovchi tizzasi panelga uriladi.

Ikkinchi qatorda esa odamlar majburiy tarzda oyoqlarini bukib o‘tirgani, uchinchi qatorda esa butunlay tizzalar ko‘krakgaha bukilgan holda joylashgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, u hatto bu noqulay holatlarda ham uchinchi qator yo‘lovchilarining boshi tomga tegayotganini qayd etgan.

Tanqidlar Tesla Model Y L singari kupesimon SUV’larning eng katta muammosini yana bir bor ko‘rsatdi. Tashqi dizaynni ushlab qolish istagi ichki makonni sezilarli darajada qurbon qilishga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tesla 243 million dollarlik jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek