
Yo‘lovchilarning qulayligi va temir yo‘lga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Toshkent – Olot – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov tashkil etmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Toshkent – Olot – Toshkent qo‘shimcha poyezd qatnovi jadvali:
Sana | Yo‘nalish | Jo‘nash vaqti | Yetib borish vaqti |
---|---|---|---|
1-sentabr | Toshkent – Olot | Toshkent janubiy 23:56 | Olot 09:22 |
2-sentabr | Olot – Toshkent | Olot 21:03 | Toshkent janubiy 06:51 |
Kompaniya xabariga ko‘ra, chipta sotib olish imkoniyatlari kengaytirilgan bo‘lib, yo‘lovchilar ularni «O‘zbekiston temir yo‘llari» rasmiy sayti orqali yoki temir yo‘l kassalaridan xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways yo‘lovchilar talabiga binoan sentabr oyida mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edik.