Yangiliklar

Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

Holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi / Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazib, noqonuniy dori vositalari ishlab chiqarilayotgan yashirin sexni aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: DXX

Tekshiruvda 11 dona dori ishlab chiqarish uskunalari, 389 kg kukun va tabletkalar, qoliplar, kapsulalar hamda boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, korxonada «Ursosan», «Neyromidin» va «Fanigan» dorilari qalbakilashtirilgan.

Foto: DXX

Shuningdek, dorixonalardan 15 turdagi 1 067 quti qalbaki va 14 turdagi 274 quti muddati o‘tgan dori vositalari aniqlangan.

Foto: DXX

Hozirda uch nafar shaxsga nisbatan JKning 186-3-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Foto: DXX

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qariyb 80 kg giyohvandlik moddasi musodara qilingani haqida xabar bergan edik.