Toshkentning qayerlarida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tomoshalar bo‘lib o‘tadi

30–31-avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida bayram sayllari va ommaviy konsert dasturlari tashkil etiladi. Ushbu dasturlar bo‘lib o‘tadigan manzillar haqida shahar hokimligi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, tadbirlar vaqtga qarab quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
- Soat 12:00 da Yunusobod tumani — «Uzekspomarkaz» maydonida;
Soat 18:00 da:
- Bektemir tumani — Coca Cola Garden bog‘i;
- Mirobod tumani — «Furqat» bog‘i;
- Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni;
- Olmazor tumani — River park maydoni;
- Uchtepa tumani — Eco Seul bog‘i;
- Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i);
- Shayxontohur tumani — «Navro‘z» bog‘i;
- Yangihayot tumani — «Yangi Darxon» MFY, 45–46-uylar oldidagi maydon.
Soat 19:00 da:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i (Central Park);
- Yashnobod tumani — «Ashxobod» istirohat bog‘i;
- Yakkasaroy tumani — «Do‘stlik» istirohat bog‘i.
Shuningdek, mustaqillik munosabati bilan barcha davlat teatrlari 1-sentabr kuni «Ochiq eshiklar kuni»ni o‘tkazadi. Ushbu tadbir doirasida poytaxt va viloyatlardagi teatrlarda turli spektakl va konsert dasturlari tomoshabinlarga bepul namoyish etiladi.
Shahar hokimligi Toshkentda bayram munosabati bilan arzon narxlardagi mahsulotlar yarmarkalari ochilganini ham e’lon qildi. Unda go‘sht narxi 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha bo‘lib, maxsus rastalarda aholiga go‘sht, sabzavot, meva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, bayram munosabati bilan ichki sayohatlarga ham chegirmalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, madaniy meros obyektlari, muzeylar va yodgorliklarga kirish chiptalari, mehmonxona, mehmon uylari va xostellardagi xizmat narxlari, ayrim ekskursiya va sayohat xizmatlariga 20 foizgacha chegirma qo‘llanadi.