Tramp joriy etgan 50 foizlik boj Hindiston iqtisodiyotiga zarba berdi

eʼlon qilindi
Zarar $37 mlrdgacha miqdorda baholanmoqda
Tramp joriy etgan 50 foizlik boj tarifi Hindiston iqtisodiyotiga zarba berdi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistondan import qilinadigan mahsulotlarga 50% boj joriy etib, mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, Hindiston 2022-yildan buyon Rossiya neftini arzon narxlarda import qilib, qariyb $17 mlrd tejagan. Biroq yangi bojlar tufayli eksport hajmi 40% ga kamayishi, bu esa Hindistonga $37 mlrdgacha zarar keltirishi mumkin. Ayniqsa, to‘qimachilik va zargarlik sanoati minglab ish o‘rinlarini yo‘qotish xavfi ostida qoldi.

Rossiya nefti Hindiston importining 40 foizini tashkil qiladi. Agar Dehli bu manbadan voz kechsa, jahon bozorida neft narxi 200 dollar/barrelgacha ko‘tarilishi ehtimoli bor.

Trampning keskin qarorlari AQSh-Hindiston aloqalarini keskinlashtirdi va so‘nggi yillarda erishilgan iqtisodiy yutuqlarni xavf ostiga qo‘ydi. Shu bilan birga, Dehli Moskva bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Hindistonga Rossiyadan neft xarid qilgani uchun yana tariflar bilan tahdid qilgan edi.

Shuningdek