
Toshkent – Sharqiy aeroportining yangi uchish-qo‘nish yo‘lagiga Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767-300ER samolyoti ilk texnik qo‘nishni amalga oshirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlar orqali ko‘rish mumkinki, qo‘nishdan oldin samolyot Toshkent va Toshkent viloyati osmonida aylana parvoz qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Toshkent – Sharqiy» aeroportida 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilangani haqida yozgan edi.
Ushbu loyihada ob-havo yomon bo‘lgan holatlarda ham parvozlarni amalga oshirish uchun ilg‘or texnologiyalar o‘rnatilgan.
Prezident loyiha texnikalari va arxitekturaviy yechimlari bilan tanishgan edi. Davlat rahbari qurilish ishlarini tezlashtirish, xizmat sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlardagi parvoz qoidalariga o‘zgartirish kiritayotgani haqida yozgan edik.