Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlardagi parvoz qoidalariga o‘zgartirish kiritmoqda

eʼlon qilindi
Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasiga asosan
Aeroportga ishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi
Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlardagi parvoz qoidalariga o‘zgartirish kiritmoqda. Foto: Uzairways

Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasiga asosan Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Endilikda:

  • yo‘lovchi parvozdan voz kechsa yoki birinchi reysga chiqolmasa, bu haqida oldindan xabar bergan taqdirda chipta qayta rasmiylashtiriladi yoki belgilangan shartlarga muvofiq xarajat qaytariladi.
  • agar yo‘lovchi birinchi reysga kelmagan bo‘lsa, lekin keyingi uchishdan (qaytish reysi) foydalanishni xohlasa, chipta amalda qoladi. Foydalanilmagan parvoz uchun chipta qiymati qaytarilmaydi, biroq aeroport va aviakompaniya yig‘imlari qaytarilishi mumkin.

Jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan qoida bo‘yicha, yo‘lovchi ikki tomonga chipta olgan bo‘lsa, lekin birinchi parvozdan foydalanmagan taqdirda qaytish chiptasi avtomatik ravishda bekor qilinadi. «Uzbekistan Airways» AJ ham 2011-yilda ro‘yxatdan o‘tgan qoidalarga muvofiq shu tartibda faoliyat yuritib kelayotgandi.

Masalan, yo‘lovchi Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida chipta sotib olib, birinchi parvozga chiqa olmagan bo‘lsa, qaytish reysi ham bekor qilinadi. Bu holat esa iste’molchilar huquqlarini cheklash sifatida baholandi.

Shu sabab yuqoridagi yangi o‘zgartirishlar «Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalari»ga kiritilmoqda.

Aviakompaniya avval sentabr oyida beshta mahalliy yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha reyslarni amalga oshirishini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra parvozlar poytaxtdan Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy va Namanganga borish-kelish reyslarini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek