Gadjetlar

Xiaomi 15T Pro smartfoni qanday dizaynga ega

Narxi 649 yevrodan boshlanadi
Xiaomi 15T Pro
Xiaomi 15T Pro qanday dizaynga ega / Foto: 4pda

Xiaomi 15T Pro smartfoni rasmiy taqdimotidan oldin TikTok’da qisqa video orqali ko‘rinib qoldi. Video tezda o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, skrinshotlar internetga tarqaldi. Bu haqda 4pda xabar bermoqda.

Tasvirlardan ko‘rinishicha, yangi model oldingi avlodga o‘xshash bo‘lib qolgan, ammo kamera blokining shakli biroz o‘zgartirilgan. Modul yanada yumaloq chiziqlarga ega va smartfon korpusi tekis qirralar hamda yonlari egilmagan orqa panel bilan ajralib turadi.

Foto: 4pda

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi 15T Pro MediaTek Dimensity 9400+ protsessorida ishlaydi va 12 GB tezkor xotira bilan ta’minlanadi. Asosiy kamera uchta moduldan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Unda 50 megapikselli OmniVision OVX9100 asosiy sensor, 50 megapikselli Samsung JN5 telefoto linzasi va 13 megapikselli ultra keng modul. Avtonomlikni 5500 mA·soat sig‘imli batareya ta’minlab, 90 vatt quvvat bilan tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: 4pda

Narx haqida ham dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Xiaomi 15T Pro‘ning 12/128 GB versiyasi 799 yevro, 12/256 GB varianti esa 899 yevro turishi kutilmoqda. Oddiy Xiaomi 15T esa yagona 12/256 GB konfiguratsiyada 649 yevroga xarid qilish mumkin. Smartfonning rasmiy taqdimoti 2025-yil sentabr oyiga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 16 Pro yangi displeyda taqdim etilishi haqida yozgan edi.