Chegaradan 19 kg noqonuniy tilla olib o‘tganlar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Taxminiy qiymati 20 milliard so‘m
tilla
Chegaradan 19 kg tillani noqonuniy olib o‘tganlar qo‘lga olindi. Foto: SI

Chegaradan 19 kg tillani noqonuniy olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Farg‘ona tumanida yashovchi ikki fuqaro qo‘shni Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda 19 kg 119 gramm tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringan. Ushbu taqinchoqlarning taxminiy qiymati 20 milliard so‘mni tashkil etadi.

Video: DXX

Hozirda tilla buyumlar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib, ekspertizaga yuborilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan avval ham Qirg‘izistondan «Vodil-avto» chegara bojxona posti orqali qimmatbaho tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib kirishga uringan andijonlik shaxs qo‘lga olingandi.

Bunda fuqaro kiyimi ostiga yashirilgan 859 dona tilla taqinchoq va 1 dona qo‘l soatini noqonuniy ravishda olib kirgan. Buyumlarning umumiy og‘irligi 4 kg 155 gramm bo‘lib, qiymati 5,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu taqinchoqlarni 10 nafarga yaqin savdogar Turkiyadan Qirg‘izistonga olib kelgan, gumonlanuvchi esa $400 evaziga ularni bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek