
Bugun, 28-avgust kuni soat 08:09 da Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasi 64-uy oldida quvvatlagichda turgan elektromobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘in-qutqaruvchilari 08:15 da voqea joyiga yetib borib, 08:19 da olovni bartaraf etishdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yonib ketgan mashina Leapmotor C11 ekani aytilmoqda.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan aprel oyida Toshkentda Tesla yonib ketgani haqida yozgandi.
Shuningdek, aprel oyida Zeekr 001 ham zaryad vaqtida yonib ketgandi.