Fransiya, Germaniya va Britaniya Eron yadro dasturi bo‘yicha BMT sanksiyalarini qayta tiklashni boshladi

eʼlon qilindi
Sanksiyalarni qayta tiklash mexanizmi 2025-yil oktabrida tugaydi
Fransiya, Germaniya va Britaniya Eron yadro dasturi bo‘yicha BMT sanksiyalarini qayta tiklashni boshladi / Foto: HSE Daily

Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya (E3) Eronning yadro dasturi bo‘yicha kelishuv majburiyatlarini buzayotganini ta’kidlab, BMT Xavfsizlik Kengashiga sanksiyalarni qayta tiklash («snapback») mexanizmini ishga tushirgani haqida xabar berdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Ushbu qarorni AQSh ham qo‘llab-quvvatladi. Eron esa bu qadamni «provoqatsion va asossiz eskalatsiya» deb atab, javob choralari ko‘rilishini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, jarayon 30 kun davom etadi va shu vaqt ichida Tehronga sanksiyalarni qayta tiklanishining oldini olish uchun diplomatik choralar ko‘rish imkoniyati beriladi.

E3 mamlakatlari Erondagi yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari xalqaro tinchlik va xavfsizlikka bevosita tahdid ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketi tayyorlanayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek