iPhone 17 Air smartfoni qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi

28-avgust 2025 10:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iPhone 17 Air smartfoni
iPhone 17 Air qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi / Foto: Future

Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Awe Dropping tadbirida yangi avlod smartfonlarini taqdim etadi. Eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan model esa iPhone 17 Air smartfoni bo‘lmoqda. Tom’s Guide qurilma haqida dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi.

Mutaxassislar fikricha, iPhone 17 Air o‘zining yupqa va yengil dizayni bilan Apple tarixida alohida o‘rin egallashi mumkin. Hozirgi iPhone 16 Pro va 16 Pro Max 8,25 mm qalinlikda bo‘lsa, yangi model atigi 5,5 mm bo‘lishi aytilmoqda. Bu ko‘rsatkich Galaxy S25 Edgedan (5,8 mm) ham yupqaroq. Qurilma titanium korpusda va bir nechta ranglarda taqdim etilishi kutilmoqda.

Foto: Apple Track

iPhone 17 Air’da A19 yoki A19 Pro chipi qo‘llanishi mumkin. Bu protsessor iPhone’larni raqobatchilardan ajratib turgan asosiy kuch bo‘lib, yuqori tezlik va o‘yinlarda minimal kechikish ta’minlaydi.

Foto: BGR

Eng katta o‘zgarishlardan biri smartfonning faqat bitta 48 MP kamera bilan kelishi ehtimoli. Apple bu orqali «bir yaxshi kamera yetarli» konsepsiyasini ilgari surishi mumkin. Raqamli algoritmlar va yangi tasvir ishlov berish texnologiyalari yordamida kamera ko‘p funksiyali tizimlarga raqobatchi bo‘la olishi aytilmoqda.

Foto: Apple Track

Yangi modelning eng katta sinovi batareya quvvati va narxi bo‘ladi. Tahlilchilar iPhone 17 Air’ni «Plus» modellari narxida ko‘rishni istashmoqda, ammo u 17 Pro va 17 Pro Max oralig‘ida joylashishi ehtimoli katta.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iPhone 17 seriyasining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek