Yangiliklar

Nurafshon shahriga 8 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Yutong avtobusi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent viloyati Nurafshon shahriga yangi Yutong avtobuslari keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Nurafshon jamoat transporti» korxonasi tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 8 dona zamonaviy Yutong avtobusi olib kelindi. Mazkur avtobuslar Nurafshon shahar ichki yo‘nalishlarida qatnovni yo‘lga qo‘yadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon viloyatda jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash doirasida Olmaliq shahriga 42 dona, Angren shahriga esa 15 dona yangi avtobus keltirilib, brutto shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda 2025-yil oxirigacha tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgandi.

Yil boshidan beri qaysi hududlarga avtobuslar olib kelindi

Avgust oyida Buxoro viloyatida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Xitoydan 12 dona Yutong avtobuslari olib kelindi. 

Shuningdek, Farg‘ona viloyatiga qo‘shimcha 24 ta Yutong avtobuslari keltirildi.

Shu bilan birga, iyul oyida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidan Kitob tumaniga qatnaydigan avtobuslar soni 20 taga ko‘paydi.

Iyun oyida Navoiy viloyatida jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan 42 dona zamonaviy Yutong avtobusi foydalanishga topshirildi.

Mart oyida esa Jizzax viloyatiga Jizzax Orient Trans kompaniyasi tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona Zhongtong rusumli zamonaviy avtobuslar olib kelindi.

Fevral oyida esa «Angren Avto Group» MChJ tomonidan Xitoydan 15 ta Yutong rusumli avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi