O‘zbekistonda aholi soni oshdi, Rossiya uchun yangi sanksiyalar va AQShning yangi viza tartiboti — 28-avgust kungi muhim xabarlar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
28-avgust kungi muhim xabarlar dayjesti
Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholini ogohlantirdi
Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholini ogohlantirdi / Foto: ABC News

Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholiga ogohlantirish berdi

Tokio hukumati Fudzi tog‘i vulqoni otilishi oqibatlarini ko‘rsatadigan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni taqdim etdi. Videoda vulqon kuli ikki soat ichida Tokioda yetib kelib, havoni ifloslantirishi, transport, elektr ta’minoti va oziq-ovqat tarqatilishida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkinligi tasvirlangan.

Janubiy Koreya maktab sinfxonalarida telefonlardan foydalanishni taqiqladi
Janubiy Koreya maktab sinfxonalarida telefonlardan foydalanishni taqiqladi / Foto: Aclipse

Janubiy Koreya maktab sinfxonalarida telefonlardan foydalanishni taqiqladi

Janubiy Koreya parlamenti maktab sinfxonalarida mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, qonun yoshlarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik ortib borayotgani sababli ishlab chiqildi.

Foto: Vladislav Shatilo / RBK

Mustaqillik bayrami arafasida 500 nafardan ziyod mahbus afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan jazoni o‘tayotgan 523 nafar mahbus afv etildi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.

«Инстаграм» удалил пост Дурова
Фото: Solen Feyissa / Unsplash

Instagram «Odnoklassniki»dagi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

Meta kompaniyasi Instagram’da Odnoklassniki’ga o‘xshash yangi imkoniyatni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Unga ko‘ra, endi AQShdagi kollej va universitet talabalariga o‘z profiliga o‘qiyotgan ta’lim muassasasi nomi tushirilgan banner qo‘shish imkoniyati beriladi.

O‘zbekistonda band aholining 55 foizi rasmiy O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi
O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi / Foto: NKMK

O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

2025-yil 28-avgust kuni soat 9:35 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 mln kishiga yetdi. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, aholining 19,1 mln nafari erkaklar (50,4 %), 18,9 mln nafari esa ayollardan (49,6 %) iborat. Erkaklar soni ayollardan 274 ming kishiga ko‘proq.

Viza
AQShda xorijiy jurnalist va talabalarga viza muddatini cheklash rejalashtirilmoqda / Foto: depositphotos.com

AQShda xorijiy jurnalist va talabalarga viza muddatini cheklash rejalashtirilmoqda

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi xorijiy jurnalistlar, talabalar va almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun vizalar tartibini qat’iylashtirishni taklif qildi. Yangi taklifga ko‘ra, xorijiy jurnalistlar AQShga 240 kungacha kelish huquqiga ega bo‘ladi, so‘ng zarurat tug‘ilganda muddat uzaytirilishi mumkin. Xitoy fuqarolari uchun esa bu muddat 90 kun bilan chegaralanadi.

WhatsApp’ga yangi sun’iy intellekt yordamchisi qo‘shildi / Foto: Tech Advisor

WhatsApp foydalanuvchilar uchun xabarlarni qayta yozishga yordam beradigan yangi Writing Help funksiyasini ishga tushirdi. Endi xabarlarni uch xil ohangda berish mumkin: professional, yumoristik va qo‘llab-quvvatlovchi.

Rossiya
Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketi tayyorlanmoqda — Yevropa Ittifoqi / Foto: / depositphotos.com

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Unga ko‘ra, 19-paket asosan rossiyaliklarning ukrainalik bolalarni o‘g‘irlashiga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.

«Tashabbusli budjet»ga ovoz yig‘ishda kartadan pul o‘g‘irlash holatlari aniqlanmoqda. Ekran tasviri videodan olindi

«Tashabbusli budjet»ga ovoz yig‘ishda kartadan pul o‘g‘irlash holatlari aniqlanmoqda

So‘nggi kunlarda «Tashabbusli budjet» loyihasida ovoz berish bahonasida fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘ o‘g‘irlash holatlari kuzatilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ovoz to‘plash bosqichida fuqarolarga SMS-xabarnomalar faqat «IMV» nomi ostida yoki 2710 qisqa raqami orqali borishini eslatdi.

«El-yurt umidi» stipendiyasi g‘oliblari e’lon qilindi. Foto: ijtimoiy tarmoq

«El-yurt umidi» stipendiyasi g‘oliblari e’lon qilindi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini e’lon qildi. Test va suhbat bosqichlarida yuqori ball to‘plagan nomzodlar Jamg‘arma Boshqaruv kengashi qarori bilan «El-yurt umidi stipendiyasi sovrindori» deb e’tirof etildi.

Shuningdek