Mustaqillik bayrami arafasida 500 nafardan ziyod mahbus afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan jazoni o‘tayotgan 523 nafar mahbus afv etildi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Umumiy hisobda:
- 195 nafar mahkum jazodan to‘liq;
- 147 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi;
- 87 nafar mahkumning jazosi yengilroq turiga almashtirildi,
- 94 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish muddati qisqartirildi.
Afv etilganlar orasida 45 nafar ayollar, 31 nafar 60 yoshdan oshgan shaxslar, 220 nafar 30 yoshgacha bo‘lganlar, shu jumladan 1 nafar voyaga yetmagan mavjud.
Shuningdek, afv etilganlarning 8 nafari xorijiy davlat fuqarolari bo‘lib (6 nafari Tojikiston, 1 nafari Syerra-Leone fuqarosi), 15 nafar mahkum ilgari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgani aniqlangan.
Afv etilganlarning barchasi profilaktika va sinov daftari ro‘yxatiga olinadi. Ular bir martalik moddiy yordam, zarur hollarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanish, ishga joylashish, kredit va subsidiyalar olish, fuqarolik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda pensiya tayinlashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda yarim yilda 17 mingdan ortiq mahkumlar muddatidan oldin ozodlikka chiqqanligi haqida yozgandi.
Yana qariyb 5,5 ming nafar fuqarolarga yengilroq jazo choralari qo‘llanilgan.