Yangiliklar

Rossiyadagi kon qulashida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

kon
Olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan
Foto: Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi Telegram kanali

26-avgust kuni Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi janubidagi «Artyomovskiy rudnik» AJ konida qulash yuz bergan. Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasining xabariga ko‘ra, 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Foto: Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi Telegram kanali

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, patent asosida ishlayotgan o‘zbekistonlik konda tog‘ jinslarini keyinchalik mustahkamlash uchun burg‘ulash ishlarini olib borgan. Shu vaqt ichida tog‘ massasi qulab tushgan. Ishchi qulab tushgan jinslar ostida qolib, olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: Krasnoyarsk o‘lkasi prokuraturasi Telegram kanali

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan vaqtda kon odatdagi rejimda ishlayotgan bo‘lib, yerostida jami 48 kishi bo‘lgan. Hozircha avariya sodir bo‘lgan hududda xavfsizlik postlari o‘rnatildi.

Prokuratura ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilingan yoki qilinmaganini tekshirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri Bolgariyada o‘zbekistonlik yigit ukrainalik ayolni qutqarishga urinib halok bo‘lgani haqida yozgandi.