Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketi tayyorlanmoqda — Yevropa Ittifoqi

eʼlon qilindi
19-paket asosan rossiyaliklarning ukrainalik bolalarni o‘g‘irlashiga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi
Rossiya
Foto: designer491 / depositphotos.com

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, 19-paket asosan rossiyaliklarning ukrainalik bolalarni o‘g‘irlashiga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.

Shu hafta oxirida Kopengagenda yig‘iladigan YI tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning neft-gaz va moliya sektoriga qo‘shimcha cheklovlar hamda tovarlar import-eksportini yanada cheklash masalalarini ham ko‘rib chiqadi.

Muhokama qilinayotgan eng asosiy masalalardan biri bu 2023-yilda qabul qilingan, biroq hali qo‘llanmagan sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi vosita hisoblanadi. Bu mexanizm Rossiyaga yordam berayotgan deb topilgan uchinchi davlatlarga mahsulot yetkazib berishni taqiqlash imkonini beradi.

Rossiyaga qo‘llanilgan 18-sanksiyalar paketi

Shu yilning 18-iyul kuni Yevropa Ittifoqi(YI) Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini ma’qulladi. Bu galgi choralar avvalgi to‘plamlarga nisbatan ancha keskin ekani ta’kidlangandi.

Yangi sanksiyalar Rossiyadan Yevropaga neft tashishda foydalanilayotgan 105 ta tankerga nisbatan choralarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular «Shimoliy oqim» gaz quvurlari infratuzilmasiga ham tegishli bo‘ladi. Bundan tashqari, Hindistondagi «Rosneft» neftni qayta ishlash zavodi ham nazoratga olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp, Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari uchrashuvida nimalar muhokama qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek