Tizimda rejalashtirilmagan profilaktika amalga oshirilmoqda — Uzcard
eʼlon qilindi
Uzcard saytida ham uzilishlar qayd etilmoqda

Bugun, 28-avgust kuni Uzcard tizimida rejalashtirilmagan profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (Uzcard) matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan vaqtinchalik uzilishlar quyidagilarda kuzatilishi mumkin:
- bankomatlar (ATM)da,
- E-POS va POS terminallarida,
- xalqaro bank kartalarida,
- xorijda qo‘llaniladigan kobeijing kartalarda.
Shuningdek, Uzcard saytida ham uzilishlar qayd etilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzcard kartalari bilan bog‘liq operatsiyalarda uzilishlar kuzatilayotgani haqida yozgandi.