Yangiliklar

Tizimda rejalashtirilmagan profilaktika amalga oshirilmoqda — Uzcard

Uzcard saytida ham uzilishlar qayd etilmoqda
Фото: 2GIS

Bugun, 28-avgust kuni Uzcard tizimida rejalashtirilmagan profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (Uzcard) matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan vaqtinchalik uzilishlar quyidagilarda kuzatilishi mumkin:

  • bankomatlar (ATM)da,
  • E-POS va POS terminallarida,
  • xalqaro bank kartalarida,
  • xorijda qo‘llaniladigan kobeijing kartalarda.

Shuningdek, Uzcard saytida ham uzilishlar qayd etilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzcard kartalari bilan bog‘liq operatsiyalarda uzilishlar kuzatilayotgani haqida yozgandi.