Toshkentdagi ayrim maktablarda yangi ta’lim tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
«Toshkent tajribasi» loyihasi
Toshkent shahridagi maktablarda yangi ta’lim tizimi joriy etiladi. Foto: ta’limxabarlari.uz

Toshkent shahridagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «Toshkent tajribasi» loyihasi boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, endi poytaxtdagi ayrim maktablarda sinf xonalari ta’mirlanadi, robototexnika va VR xonalari tashkil etiladi, fizika, kimyo, biologiya va informatika laboratoriyalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Shuningdek, sport anjomlari, badiiy adabiyotlar va ko‘rgazmali jihozlar xarid qilinadi.

Mazkur loyiha quyidagi maktablarda amalga oshiriladi:

T/pTumanlarMaktab raqamiTanlangan sinflar soni
1Bektemir tumani3585
2Mirobod tumani1545
3Mirzo Ulug‘bek tumani1215
4Olmazor tumani165
5Sergeli tumani2665
6Uchtepa tumani45
7Chilonzor tumani2005
8Shayxontohur tumani845
9Yunusobod tumani885
10Yakkasaroy tumani735
11Yangihayot tumani3325
12Yashnobod tumani3395
JAMI12 ta maktab60 ta sinf

Ushbu maktablarda o‘qituvchilar tanlov asosida saralanadi va ilg‘or metodlar asosida dars o‘tadi. Ularning faoliyati o‘quvchilarni qiziqtirish darajasi hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi. Shu mezonlarga asosan qo‘shimcha haq to‘lash tizimi joriy etiladi.

Xalqaro baholash dasturlari – PISA, TIMSS, PIRLS va STEAM standartlari o‘quv jarayoniga kiritiladi. Maktab o‘quvchilarining ovqatlanishi esa tuman budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Joriy yilning 14-iyun kuni Axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi maktablar tarmog‘i kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgandi. Bunda Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ushbu yo‘nalishda tayanch maktab etib belgilangan.

Ushbu tayanch maktab va filiallarida ham pedagoglar va o‘quvchilar tanlov qabul qilinib, filiallarda bepul sog‘lom ovqatlantirish xizmati tashkil etilishi belgilangan. Shuningdek, mazkur maktablar zamonaviy jihozlar – HPL panel bilan qoplangan parta va fanerali stullar bilan ta’minlanadi.

Shuningdek