Yangiliklar

Uzcard kartalari bilan bog‘liq operatsiyalarda uzilishlar kuzatilmoqda

Mobil ilovalar va terminallarda

Uzcard plastik kartalari bilan mobil ilovalarda va to‘lov terminallarida to‘lov qilishda uzilishlar yuz bermoqda. Kursiv Uzbekistan bir nechta mobil ilovalar va terminallarni tekshirdi.

Hozircha kompaniya bu bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

Shuningdek, kompaniyaning rasmiy sayti ham vaqtincha ishlamayapti.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzcard SMS-xabarnoma xizmati narxi 1-martdan ikki baravar oshishi haqida yozgandi.